
U may oyining o'rtalarida Germaniyada jang qilishni rejalashtirmoqda.
BILD nashri malumotlariga ko'ra, Dortmunddagi 15 000 o'rinli arena Kabayelning keyingi jangi uchun band qilingan. Raqib qidirish ishlari hali ham davom etmoqda.
Ehtimoliy nomzod sifatida mag'lubiyatsiz albaniyalik charm qo'lqop ustasi Nelson Xisa (24-0, 22 nokaut) ko'rilmoqda. 33 yoshli Agit Kabayel hozirgacha 27 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan.