SportUz.Tv

PFL Frensis Ngannu bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi

07.03.2026 09:33    


Rasmni yuklab olish

Professional jangchilar ligasi (PFL) superchempionlik kamari sohibi, og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu bilan shartnomani muddatidan oldin to'xtatdi.

"Professional Fighters League Frensis Ngannu bilan xayrlashishga qaror qildi, - deyiladi tashkilotning shu munosabat bilan elon qilingan bayonotida. - Biz Frensisga ham sportchi, ham inson sifatida katta hurmat bilan qaraymiz va uning yakkakurashlardagi faoliyatining keyingi bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz".

Ngannu UFC’ni tark etganidan bir necha oy o'tib, 2023 yilda PFL bilan shartnoma imzolagandi. Bu promoushenda kamerunlik yangi shartnoma shartlari bo'yicha rahbariyat bilan kelisha olmadi. SHartnomaga ko'ra, u ligada ikkita jang o'tkazishi va birinchisi uchun 8 million ikkinchisiga 12 million dollar gonorar olishi kerak edi. Natijada, Frensis PFL`da atigi bitta jang o'tkazdi va 2024 yil oktyabr oyida Renan Ferreyrani birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag'lub etdi.

So'nggi paytlarda 39 yoshli Frensis Ngannu Oq uydagi turnirda ishtirok etish uchun UFC’ga qaytish istagini bir necha bor ochiqchasiga bildirgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: