
Yaponiyalik chempion 2 may kuni Tokioda ikkinchi engil vazn toifasidagi mutlaq jahon chempionlik unvonini yana bir bor himoya qiladi. Uning raqibi yana bir mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan yaponiyalik bokschi Dzyunto Nakatani bo'ladi.
Bu Inoue uchun oltinchi mutlaq chempionlik himoyasi bo'ladi. Nakatani esa ushbu vazn toifasida bor-yo'g'i ikkinchi jangni o'tkazadi. Har ikki yaponiyalik ham so'nggi bor 27 dekabr kuni Saudiya Arabistonidagi boks oqshomida ringga ko'tarilgandi. Inoue hakamlarning yakdil qarori bilan Alan Pikassodan, Nakatani esa Sebastyan Ernandesdan ustun kelgandi.
Inoue to'rtta vazn toifasida jahon chempioni, The Ring jurnalining pound-for-pound reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Nakatani esa uchta divizionda chempion bo'lgan va vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi bokschilar ro'yxatida ettinchi pog'onani band etgan.
