SportUz.Tv

Xollouey - Oliveyra chempionlik jangiga MMA olamining munosabati

09.03.2026 11:24    


Rasmni yuklab olish

Muxlislar singari, aralash yakkakurash ustalari ham Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 326 turnirining asosiy jangiga o'z munosabatlarini bildirishdi.

Oqshomning markaziy jangida amerikalik Maks Xollouey braziliyalik CHarlz Oliveyraga besh raund yakuniga ko'ra ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib, BMF chempionlik kamarini boy bergandi. Konor Makgregor, Neyt Dias, Paulo Kosta, Xamzat CHimaev, Kris Kiborg, Lyuk Rokxold, Jeyk Pol singari aralash yakkakurash olami vakillari ushbu jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.  

Konor Makgregor: "SHubhasiz, yomon jang. Men hayratdaman. CHarlz, juda yomon. Boshingni eg, bu sharmandalik. Unga bu kamarni bermang".

Neyt Dias: "Zerikarli ahmoqlar. Bu masxarabozlar mening kamarim uchun jang qilishdi. Men hamisha tayyorman".

Paulo Kosta: "Zuffa Boxing janglarini tomosha qilgan yaxshiroq. RAF erkin kurash ligasida revansh uyushtiring".

Xamzat CHimaev: "Ajoyib tomoshabop jang bo'ldi".

Derek Branson: "Bu GMF chempionati edi! G - bu greppling".

Billi Kuarantillo: "Bunday deyishni yomon ko'raman, lekin bu BMF bo'lishi kerak bo'lgan jang emas".

Lyuk Rokxold: "Men buni BMF chempionlik jangi deb o'ylagandim"

Kris Kiborg: "CHarlz Oliveyra - BMF! Bu "Demian Mayya uslubidagichiqish edi".

Luis Smolka: "SHovqin ko'taring - bunday narsalar ularning qo'lidan tushmasligi kerak"

Gilbert Byorns: "Juda ko'p nohaq etirozlar. "Bu BMF jangi bo'lishi kerak. Jim bo'linglar! Bu CHarlzdan to'liq ustunlik edi - bu MMA!".

Jeyk Pol: "Bu karddan ko'proq narsa kutgan edim".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: