SportUz.Tv

Bivol mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham chempion bo'lib qoladi

30.04.2026 08:42    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Dmitriy Bivol 30 may kuni Ekaterinburgda bo'lib o'tadigan RCC Boxing turnirida germaniyalik Mixael Ayfertga qarshi ringga ko'tariladi.

Qizig'i shundaki, Bivol bo'lajak chempionlik himoya jangida mag'lubiyatga uchrasa ham WBO kamarini o'zida saqlab qoladi. WBO tashkiloti bu jangni chempionlik himoyasi sifatida tan olmaydi. Aksincha, u WBA, IBF, shuningdek, The Ring jurnalining 79,4 kg vazn toifasidagi chempionlik kamarlarini himoya qiladi.

Dmitriy Bivol umurtqasidagi disk churrasini olib tashlash operaciyasidan so'ng birinchi jangini o'tkazadi. U oxirgi marta o'tgan yilning fevral oyida Ar-Riyodda ringga chiqqan va hamyurti Artur Beterbievdan revansh olib, mutlaq chempion bo'lgan edi.

Maykl Ayfert IBF chempionlik kamari uchun majburiy davogar bo'lib, 2023 yilning mart oyida sobiq jahon chempioni Jan Paskalni mag'lub etgan va o'z faoliyatidagi eng muhim g'alabasiga erishgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: