SportUz.Tv

Aleks Pereyra Siril Gandan keyingi raqibi kim bo'lishini aytdi

17.03.2026 13:54    


Rasmni yuklab olish

Braziliyalik chempion UFC bilan sakkizta jang uchun yangi shartnoma imzoladi.

Uchinchi vazndagi chempionlik kamarini mo'ljallab turgan Aleks Pereyra keyingi jangi og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Jon Jonsga qarshi o'tkazilishiga ishonmoqda. Buning uchun u oldin og'ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadigan jangda Siril Ganni mag'lub etishi kerak bo'ladi. 

"Bu men xohlagan jang ekanligini aytgandim. O'z o'rnida Jon ham bu jang o'tkazilishini istayapti. Men u va tashkilot o'rtasida sodir bo'layotgan voqealarga aralashishni xohlamayman, lekin menimcha, agar men Siril Ganni mag'lub etsam, bu jang amalga oshadi. Jang tashkil etilishining imkoniyati juda yuqori. UFC uni yaqin orada Jonsni qo'yib yubormoqchi. Agar u jang qiladigan bo'lsa, raqib kim bo'lishi mumkin deb o'ylaysiz? Albatta, u men bo'laman. Hozir etiborimni Gan bilan jangga qaratganman, keyingisi esa Jon Jons bo'ladi", - dedi Aleks Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.

Avvalroq Jon Jons 15 million dollarlik gonorar unga maqul kelmagani uchun Oq uyda Aleks Pereyra bilan jang qilishdan bosh tortgani, shundan so'ng braziliyalikning raqibi rasman Siril Gan deb elon qilingani haqida xabar berilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: