SportUz.Tv

Mangu 2 turnirining navbatdagi jangi elon qilindi (POSTER)

18.03.2026 11:42    


Rasmni yuklab olish

Toshkent shahri 25 aprel kuni MMA bo'yicha Mangu 2 turnirini o'zida qabul qiladi.

"Humo Arena" majmuasida o'tkaziladigan turnir doirasida o'zbekistonlik yosh sportchi Zafar Rashidov ham oktagonga ko'tariladi.

Unga o'sha kuni Qozog'iston vakili Dauren Jakipbek raqib bo'ladi. Har ikki sportchi uchun bu Mangu Ligasidagi debyut bo'ladi.

Malumot uchun, Zafar Rashidov faoliyati davomida 3 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Dauren Jakipbek hisobida esa 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat mavjud.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: