
"Menga 27 iyun kuni Bokuda Ro'ziboevga qarshi jang berishdi, shuning uchun tayyorgarlik ko'ryapmiz. Vaqt etarli, o'zim ham formadaman. Barmoqni to'liq davolab, raqibga qarshi yaxshi tayyorlanish qoldi", — deb yozdi Pulyaev ijtimoiy tarmoqlarda.
Andrey Pulyaev 28 yoshda. Rossiyalik jangchi professional faoliyatini 2022 yilda boshlagan, 2024 yilda Dana Uaytning Davogarlar seriyasi turnirida g'alaba qozonib, shundan so'ng UFC bilan shartnoma imzolagan. Hozirgacha u tashkilot doirasidagi janglarda 1 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.