SportUz.Tv

Rossiyalik jangchi hamyurtimizni birinchi raunddayoq dahshatli nokautga uchratdi (VIDEO)

02.04.2026 22:15    


Rasmni yuklab olish

Octagon 85 turniri davom etmoqda.

Toshkent mezbonligidagi musobaqaning yana bir bellashuvi ortda qoldi.

Yarim o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Rossiya vakili Magomed Maxamaev bilan bahs olib bordi.

Jangda Maxamaev hamyurtimizni birinchi raundning o'zidayoq nokaut orqali taslim etdi.

Bu orqali Magomed faoliyatidagi beshinchi jangida to'rtinchi g'alabasini nishonlagan bo'lsa, titul uchun sobiq davogar Nuriddinov o'n to'rtinchi jangidagi beshinchi mag'lubiyatini qabul qildi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: