SportUz.Tv

"Maxachevni nokaut qilib, Ekvadordan birinchi chempion bo'lishim mumkin" - mag'lubiyatsiz UFC jangchisi

03.04.2026 09:57    


Rasmni yuklab olish

26 yoshli UFC jangchisi, yarim o'rta vazn toifasi reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan ekvadorlik Maykl Morales Islam Maxachevni nokaut orqali mag'lub etishiga ishonch bildirdi.

"Men Maxachev bilan jangga 100% tayyorman. Agar bugun menga chempionlik jangi haqida aytishsa, ertaga jang qilishga jangga rozi bo'laman. Agar bunday bo'lmasa — o'z vaqtimni kutaman. Maxachev allaqachon ikkita kamarga ega. U ajoyib ish qildi. Lekin men ham UFC kamarini qo'lga kiritib, Ekvadordan birinchi chempion bo'lishni istayman.

Men Islamni nokaut qilishim mumkinmi? Ha. Men kimnidir nokaut qilaman deb aytishim odatiy emasdek eshitilishi mumkin. Lekin zarbalarimni shunchaki tekkizib qo'yish uchun yo'llamayman. Har bir zarbam raqibni nokaut qilish uchun yo'llanadi. Va bu sodir bo'ladi. Men haqiqatan ham Maxachevni nokaut qila olishim mumkinligini ko'ryapman", — dedi Morales MMAJunkie’ga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: