
Kunduzgi dastur doirasida O'zbekiston terma jamoasining ikki vakilasi — Gulvesar G'anieva (51 kg) va Mushtariybonu Ibrohimjonova (60 kg) ringga ko'tarildi.
Xitoy sharafini himoya qiluvchi YU Vuga qarshi bahs olib borgan Gulsevar G'anieva ham, mo'g'ulistonlik Namun Mo'nxo'r bilan to'qnash kelgan Mushtariybonu Ibrohimjonova ham o'z janglarida ochkolar hisobiga ko'ra raqibalariga imkoniyatni boy berishdi va yarim final yo'llanmasidan quruq qolishdi.
Birozdan so'ng yana bir charm qo'lqop ustamiz SHahzod Muzaffarov Qozog'iston terma jamoasi azosi Maxmud Sabirxan bilan to'qnash keladi. CHorak final doirasidagi ushbu jang bizning vaqt bilan soat 15:00 da o'tkazilishi belgilangan.
Osiyo chempionati. Bokschi-yigitlarimiz Markaziy Osiyo derbilarida g'alaba qozonishdi
SHahram G'iyosov - Jek Ketterol chempionlik jangi uchun rasmiy poster taqdim etildi + FOTO