SportUz.Tv

Bivol Beterbiev bilan trilogiya nega amalga oshmasligi mumkinligini aytdi

04.04.2026 08:51    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol nima sababdan Artur Beterbiev bilan trilogiya amalga oshmasligi mumkinligini tushuntirdi.

"Avvalo, bu jangni tashkil etishga tayyor bo'lgan tashkilotchi topilmasligi mumkin. O'z vaqtida Turki Al ash-SHayx paydo bo'ldi, bu jangni xohladi va jamoamizga hamda Arturning jamoasiga shunday taklif berdiki, undan hech kim voz kecha olmadi. SHu tariqa birinchi jang o'tdi. Revansh ham xuddi shunday bo'ldi — qisqa muddatlarga qaramasdan, bu ham rad etish manosiz bo'lgan taklif edi.

Ikkinchi jangdan keyin esa Saudiya Arabistoni tomonidan uchinchi jangni tashkil etish istagi bo'lmadi. G'arb auditoriyasida esa mening Devid Benavides bilan jangimni o'tkazishga juda katta qiziqish bor. Beterbiev bilan jang bo'yicha esa… Turkida xohish bor. Nyu-Yorkda bo'lganimizda shunday deyishdi: “Hozir senga Ayfert bilan o'tish jangini tashkil qilamiz, keyin — Benavides bilan”. Men esa: “Axir bizda Beterbiev ham bor-ku. Kelinglar, shu jangni ham o'tkazaylik”, dedim. Ular esa: “Ha-ha, u shu erda, hozir u bilan gaplashaman. Sizlar bir shouda jang qilib, keyin revansh ham qilasizlar”, deyishdi. Lekin… Darhol aytaman: Saudiya Arabistonidagilarga janglarni “temirni qizig'ida bosib” o'tkazish kerak", — dedi Bivol YouTubedagi Grigoriy Drozd kanaliga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: