
UFC Fight Night 272 turniri ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Ikki nafar jangchi belgilangan vazn meyorini bajara olmadi va endi o'z gonorarining malum bir qismini raqibiga berishga majbur bo'ladi.
Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida braziliyalik Renato Moykano hamda shotlandiyalik Kris Dunkan o'rtasida bo'lib o'tadi. Har ikki aralash yakka kurash ustasi belgilangan vazn meyorini bajarib, tarozida bir xilda tosh bosishdi - 70.76 kg.
Braziliyalik Rafael Estevam va amerikalik Darrius Flauers belgilangan vazn meyorini bajara olishmadi va endi o'z gonorarlarining 20 foizini raqiblariga taqdim etishadi. SHuningdek, ular nokaut evaziga chiroyli g'alabani qo'lga kiritgan taqdirlarida ham bonusga davogarlik qila olmaydilar.
Rossiyalik yarim og'ir vazn toifasi vakili Abdul-Rahmon Yahyoev ham tarozi marosimida muammoga duch keldi. Unga ikkinchi imkoniyat berildi va u bir amallab belgilangan vaznni qildi - 93.44 kg.
UFC Fight Night 272 tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Renato Moykano (70.76 kg) – Kris Dunkan (70.76 kg)
Virna Yandiroba (52.62 kg) – Tabata Richchi (52.39 kg)
Brendson Ribeyro (93.21 kg) – Abdul-Rahmon Yahyoev (93.44 kg)
Rafael Estevam (61.92 kg)* – Etin Yuing (61.46 kg)
Tommi Makmillen (66 kg) – Manolo Zekkini (65.77 kg)
Joze Delano (65.54 kg) – Robert Ruxala (66.22 kg)
Prelim kard janglari
Gilerme Pat (113.63 kg) – Tomas Petersen (113.85 kg)
Alessandro Kosta (56.93 kg) – Styuart Nikkoll (57.15 kg)
Darrius Flauers (70.99 kg)** – Lendo Vannata (70.76 kg)
Xeyli Kouen (61.69 kg) – Alis Pereyra (61.69 kg)
Azamat Bekoev (84.37 kg) – Treshon Gor (84.14 kg)
Dione Barbosa (57.15 kg) – Melissa Gatto (56.93 kg)
Dakota Xoup (70.31 kg) – Kay Kamaka tretiy (70.31 kg)
*Estevam limitdan 227 gramm oshiqcha vazn ko'rsatdi va 20 foiz gonorarini raqibiga beradi
**Flauers ham limitdan ortiqcha 227 gramm ortiqcha tosh bosdi va 20 foiz gonorarini raqibiga taqdim etadi

UFC Fight Night 272. Ikki jangchi vazn qila olmadi. Yahyoevga ikkinchi imkoniyat berildi