
Rossiyalik Muslim Salixov Makaoda o'tkaziladigan UFC turnirida oktagonga qaytadi. 30 may kuniga belgilangan UFC Fight Night 277 turnirida u avstraliyalik Jeyk Metyuzga qarshi jang o'tkazadi. Ushbu jang rasman tashkilotchilar tomonidan elon qilindi.
Malumot uchun, 41 yoshli "Kunf-fu qiroli" o'tgan yilning noyabr oyida uchta g'alabali seriyasini barbod qilgandi. O'shanda rus jangchisi Urosh Medichga birinchi raundning o'zida texnik nokaut bilan yutqazib qo'ygan edi. Ungacha Muslim Santyago Ponzinibbioni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etgan, Song Kinan va Karlos Lealni esa nokautga uchratgandi.
Avstraliyalik 31 yoshli Jeyk Metyuz o'tgan yilning sentyabr oyida Nil Megniga bo'g'ish usuli bilan yutqazib qo'ygandi.

UFC Fight Night 272. Ikki jangchi vazn qila olmadi. Yahyoevga ikkinchi imkoniyat berildi