
O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi, o'ta engil vazn toifasida Qozog'istonning Octagon League tashkiloti sobiq chempioni Anvar Abdullaev faoliyatini Rossiya Federaciyasining Absolute Championship Akhmat (ASA) Ligasida davom ettiradi.
U mazkur Ligadagi ilk jangini 8 may kuni Toshkent shahrida tashkil etiladigan ASA 203 turnirida o'tkazadi. Musobaqada Abdullaevga tojikistonlik Mahdi Orzuzoda raqiblik qiladi.
Malumot uchun, Anvar Abdullaev faoliyati davomida hozirgacha 9 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Orzuzoda hisobida esa 6 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor.
