SportUz.Tv

Ayollar terma jamoamiz Osiyo chempionatini 5 ta medal bilan yakunladi

09.04.2026 12:39    


Rasmni yuklab olish

Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasi sari yaqinlashmoqda.

Bugun musobaqa doirasida ayollar o'rtasidagi bellashuvlar bo'lib o'tdi. 

Final bahslarida ishtirok etgan qizlarimiz imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalanishdi.

-75 kg: Aziza Zokirova (O'zbekiston) – Bao Czi (Xitoy) 2:3

-80 kg: Ruxshona Parpieva (O'zbekiston) – Nadejda Ryabec (Qozog'iston) 0:5


SHu tariqa, O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunladi. 

Sovrindorlarimiz:

Kumush:

-75 kg: Aziza Zokirova

-80 kg: Ruxshona Parpieva


Bronza:

-57 kg: Nigina O'ktamova

-70 kg: Oysha Toirova

+80 kg: Oltinoy Sotimboeva

Erkaklar o'rtasidagi finallar ertaga, 10 aprel kuni o'tkaziladi. Unda terma jamoamizning 5 nafar azosi oltin medal uchun ringga ko'tariladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: