SportUz.Tv

CHimaev eng aqlli jangchi kimligi haqidagi savolga javob berdi - bu Jon Jons emas

09.04.2026 16:15    


Rasmni yuklab olish

Xamzat CHimaev dunyodagi eng aqlli jangchi haqidagi savolga javob berdi.

U eng aqlli sifatida amerikalik Demetrius Jonsonni etirof etdi.

"Albatta, men Di Jeyni ko'rishdan doimo xursandman. U dunyodagi eng aqlli jangchi. U bilan ishlash juda yaxshi bo'lgan. U — afsona. Birinchi raqam, yagona va betakror. Hech kim bu yigitni mag'lub eta olmagan. Uning texnikasi hayratlanarli. Agar bu sportda kimningdir boshida “kompyuter” bo'lsa, bu — Demitrius Jonson. Men uning janglarini ko'rib ulg'ayganman va bazi harakatlarini takrorlashga harakat qilaman", — dedi CHimaev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: