SportUz.Tv

Pavlovich Teysherega: "Hammasi tezda tugaydi"

18.04.2026 13:00    


Rasmni yuklab olish

Sergey Pavlovich raqibi Tallison Teysheyraning oktagonda urush uyushtirishga vada bergan bayonotiga izoh berdi.

"Sergey, umid qilamanki, sen ko'p mashq qilyapsan, chunki menda xohish ko'proq. Men og'ir vaznda boshqa darajani ko'rsataman. Biz zarbalar yomg'iri almanshinuvida haqiqiy urushni uyushtiramiz. Valter, unga rus tiliga tarjima qilib ber", - deb yozgandi braziliyalik ijtimoiy tarmoqda hamyurti va Pavlovichning sparring sherigi Valter Uokerni eslab.

"Urush va qirg'inni so'rayapsan... Hammasi tez tugashiga tayyor tur. Rejani qayta ko'rib chiq. Valter, unga bu gaplarimni portugal tiliga tarjima qil", - deb javob berdi Pavlovich.

Og'ir vazn toifasidagi Sergey Pavlovich va Tallison Teyshera o'rtasidagi jang 30 may kuni Makaodagi UFC Fight Night 277 turniri doirasida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: