
"Jangimga sanoqli kunlar qolganini istardim, lekin tanam va odatda kechiktiriladigan jarohatlar bilan shug'ullanishimga to'g'ri keldi. SHuning uchun men muammolarni hal qilish uchun o'zimga vaqt berdim. Bunga arziydi. Rostini aytsam, hozir o'zimni juda yaxshi his qilyapman.
Hozir biz ehtimoliy raqibni ko'rib chiqyapmiz, variantlarni tahlil qilyapmiz. Richard SHefer o'tgan hafta Turki Al ash-SHayx bilan Londonda uchrashgan. Ularda raqiblarning bir necha variantlari bor. Qani, ko'raylik-chi, kim yaxshiroq ekan. Biz har doim eng kuchli va birinchi navbatda chempionni tanlaymiz", - deya 35 yoshli Alvaresning so'zlarini keltiradi Box Azteca.
Eslatib o'tamiz, ayni damda ikkinchi o'rta vazn toifasida Kristian Mbilli WBC, Xose Armando Resendes WBA, Osleys Iglesias esa IBF chempioni bo'lib turibdi. WBO kamari sohibi may oyida Xamza SHeraz va Alem Begich o'rtasidagi jangda aniqlanadi.
Alvares o'tgan yilning sentyabr oyida Terens Kroufordga qarshi jangda hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazib qo'ygan va ushbu diviziondagi mutlaq jahon chempioni unvonidan mahrum bo'lgan edi. O'shandan beri Saul katta ringga chiqmadi, Krouford esa o'z navbatida qishda sportdagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
