
"Ronda Jinga qarshi — bu iPhone 6 va iPhone 3GS’ni taqqoslash kabidir. Ajoyib vintaj modellar. Ikkalasini ham yaxshi ko'raman. Jismoniy shakl keladi va ketadi, texnika esa abadiy qoladi", - deb yozdi qirg'izistonlik chempion o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq SHevchenko uni OnlyFans’da surat sotgani uchun tanbeh bergan Rouzi bilan hazillashgan, UFC chempioni esa amerikalik ayolga o'n yil oldin bo'lib o'tgan so'nggi ikki jangida nokautlar bilan mag'lub bo'lganini eslatib qo'ygan edi.
Malumot uchun, 16 may kuni Ronda Rouzi va Jina Karano o'rtasidagi jang Los-Anjelesdagi Most Valuable Promotions turnirining asosiy voqeasi bo'ladi. Valentina SHevchenko esa o'tgan yilning noyabr oyida eng engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini himoya qilgandi. O'shanda u hakamlarning yakdil qarori bilan xitoylik sobiq chempion Veyli CHjanni mag'lub etgan edi.
