
"Hammasi ajoyib ko'rinmoqda. Menga ishoning - biz u bilan rasman kelishuv imzolaganimizdan so'ng, bu haqda darhol elon qilamiz", - dedi tashkilot rahbari Vinnipegdagi matbuot anjumanida.
Malumotlarga ko'ra, irlandiyalik jangchi 11 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 329 turnirining asosiy to'qnashuvida oktagonga ko'tariladi. Uning eng ehtimoliy raqibi amerikalik Maks Xollouey bo'lib turibdi. Konor 2013 yilda hakamlarning yakdil qarori bilan Maksni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Agar bu jang haqiqatan ham amalga oshsa, Konor Makgregor Dastin Pore bilan trilogiyaning so'nggi jangida oyog'idan og'ir jarohat olganidan besh yilu bir kun o'tib oktagonga qaytadi.

Dana Uayt Ulbergning jarohatidan so'ng yarim og'ir vazn kamari taqdiri nima bo'lishini aytdi