
Musobaqaning dastlabki kunida vakillarimiz ishtirokidagi bellashuvlar o'tkazilmadi.
Qo'shni Qozog'iston terma jamoasining besh nafar azosi kecha o'z janglarini o'tkazib, ulardan uch nafari g'alaba qozondi, qolgan ikki bokschi ishtirokidagi bellashuvlarda esa mag'lubiyat qayd etildi.
Qozog'istonlik bokschilarning kechagi natijalari:
Dias Moljigitov (80 kg) yaponiyalik Kay Toriabeni ikkinchi raundda TKO orqali mag'lub etdi.
Nazim Kizaybay (54 kg) 1/16 final bosqichida Turkiya vakilasi Aysen Taskinni engdi - 4:1
Janseri Kosherbaev (60 kg) 1/16 final bosqichida irlandiyalik Jud Gallaxerga ochkolar hisobiga ko'ra engildi
Daulet Tulemisov (90 kg) 1/8 final bosqichida braziliyalik Filo Isayasga mag'lub bo'ldi - 0:5
Farrux Toxtasinov (70 kg) irlandiyalik Jon Makkonellni 3:2 hisobida engdi.