
Ushbu jang UFC 327 doirasida Mayami shahrida bo'lib o'tgan edi.
"Biznes nuqtai nazaridan UFC uchun Azamat qiziq emas, buni hamma tushunadi. Ularga gapiruvchilar, shou ko'rsatadiganlar kerak. Murzakanovni esa faqat jang qilganda bilishadi. Lekin Azamat haqiqatan ham munosib chempion bo'lishi mumkin edi. Menda unga ham, Magomed Ankalaevga ham samimiy, iliq munosabat bor. Bir divizionda bo'lsak ham, ularning g'alabalaridan xursand bo'laman. Hammasi ularda yaxshi bo'lishini xohlayman", — dedi Guskov.
