
Nursulton AQSHning Florida shtati Mayami shahrida bo'lib o'tgan UFC 327 turnirini bevosita Kaseya Center majmuasidan kuzatib bordi.
Musobaqa paytida Ro'ziboev amerikalik UFC sobiq chempioni, MMA yulduzi Jon Jons bilan ham uchrashdi va Jons bilan suratni o'zining Instagram sahifasiga joyladi.
Ro'ziboev 27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida "SHtorm" maktabi vakili, rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga chiqadi.
Malumot uchun, 28 yoshli Andrey Pulyaev UFC promoushenida 3 ta jang o'tkazgan. Kristian Leroy Dankan va Atebe Gotega ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgan bo'lsa, Nik Klyaynni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
32 yoshli Nursulton Ro'ziboev esa ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. Erik MakKoniko texnik nokaut qilingan bo'lsa, Dastin SHtolcfusdan hakamlarning yakdil qarori bilan ustun kelgan edi. Ro'ziboev UFC`dagi yagona mag'lubiyatini Xoakin Baklidan qabul qilib olgan.
