SportUz.Tv

Bogdan Guskov UFC yulduzi bilan jang qilish niyatida

21.04.2026 10:06    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vazn toifasida UFC reytingidan joy olgan o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Bogdan Guskov yana bir g'alabadan so'ng braziliyalik yulduz Paulo Kostaga qarshi jang o'tkazmoqchi.

"Hozir Kosta reytingda mendan yuqoriroqda. Agar keyingi jangimda g'alaba qozonsam, nega endi yo'q? Men Paulo bilan yaxshi munosabatdaman, ko'p marta ko'rishganmiz. Unga nisbatan hech qanday yomon fikrim yo'q. Kim bilan jang qilishimning farqi yo'q. Asosiysi — raqib mendan yuqoriroq bo'lsin. Odatda raqib tanlay boshlasang, muammoga tushib qolasan", deydi Guskov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: