
Eng engil vazn toifasida UFC chempionligi uchun rossiyalik sobiq davogar Umar Nurmagomedov poytaxtimizga keldi.
Bu haqda sportchi o'zining Instagram'dagi rasmiy sahifasida malum qilgan.
Avvalroq, Umarning amakivachchasi, UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Toshkentda o'z biznesi, Papakha Coffee nomli yangi tadbirkorlik loyihasini ochgandi.
Suratlarda Umar Nurmagomedovning ham aynan Papakha Coffee majmuasida ekanini ko'rish mumkin.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Umar so'nggi jangini yanvar oyida braziliyalik Deyvison Figeyredoga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi.





