SportUz.Tv

Striklendning murabbiyi CHimaevga qarshi jang rejasini ochiqladi

21.04.2026 11:09    


Rasmni yuklab olish

Sobiq chempion SHon Striklendning murabbiyi Erik Niksik amerikalik jangchining amaldagi chempion Xamzat CHimaevga qarshi bo'ladigan jang rejasi haqida gapirdi.

Jang 10 may kuni UFC 328 doirasida Nyuark shahrida bo'lib o'tadi.

"SHon har qanday raqib bilan oktagon markazida jang qilishga tayyor. Lekin biz xatarlarni minimal darajaga tushirib, uning kuchli jihatlariga etibor qaratmoqchimiz. SHon dastlabki ikki raundda xotirjam bo'lishi kerak. Agar jang cho'zilsa, keyingi raundlarda u CHimaevni sindirish imkoniga ega bo'ladi. Aynan chempionlik raundlarida SHon nimada ustun ekani ko'rinadi", — dedi Niksik MMAJunkie’ga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: