
Avvalroq, Bogdan yana bitta g'alabadan keyin Paulo Kosta bilan jang qilish niyatida ekanini aytgandi.
"Yaxshi chorlov, Bogdan. Ruslarga qarshi hech qanday gapim yo'q — men ularni hurmat qilaman. Etirozim ko'proq chechen yigitga. Lekin, rostini aytsam, tushunmadim — sen o'zbeksan, lekin ruslardek ranjidingmi?", dedi Kosta.
Taqqoslash uchun, Paulo hozirda UFC reytingida etti, Bogdan esa o'ninchi o'rinni egallab turibdi.