SportUz.Tv

Toni Belyu: "Joshua hatto axlat tashuvchi bilan jangni ham sotishi mumkin"

22.04.2026 15:48    


Rasmni yuklab olish

Birinchi og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Toni Belyu Tayson Fyuri nima uchun hozir hamyurti Entoni Joshua bilan jang qilishga intilayotganini aytdi.

"Bu mamlakatdagi bazi jangchilarga janglarni sotish uchun raqiblar kerakligini hamma unutib qo'yadi. Bu men ajoyib sportchi deb hisoblagan Tayson Fyurini kamsitishga urinish emas. Uning qilayotgan ishi dahoyona.

Ammo Taysonga katta jangni sotish uchun raqib kerakligi aniq. Entoni Joshua esa hatto axlat tashuvchi bilan ham jang qilishi mumkin - baribir jangni sotish u uchun foydali. CHunki u buni uddalay oladi", - deya Entonini haqorat qildi Belyu.

Eslatib o'tamiz, ringga qaytgan Tayson Fyuri Londondagi turnirda rossiyalik Arslanbek Mahmudovni mag'lub etganidan so'ng Entoni Joshuani jangga chorlagan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: