SportUz.Tv

Octagon 86 turnirining yangi markaziy jangi ham bekor bo'ldi. Odilxon qo'lini sindirib olibdi (VIDEO)

29.04.2026 11:57    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 1 may kuni "Humo Arena"da MMA bo'yicha Octagon 86 turniri bo'lib o'tadi.

Oqshomning asosiy jangi hamyurtimiz Asadbek Saidov va engil vazn chempioni, qozog'istonlik Sayat Abduali o'rtasida kechishii kerak edi, biroq Saidovning jarohat olishi natijasida jang bekor bo'lgandi.

SHundan so'ng, Liga o'zbekistonlik Odilxon Kamolov va Tojikiston vakili Kamil Karate o'rtasidagi trilogiya bahsini markaziy jang sifatida belgilagandi. Ammo kecha Odilxonning qo'li singani va buning natijasida turnirda qatnasha olmasligi malum bo'ldi.

Endi kechaning asosiy jangi boshqa bir yurtdoshimiz — Bobur Abdulazizov va qozog'istonlik Tazabek Bayanov o'rtasida kechadi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: