
Temirov Instagram sahifasi orqali 25 iyul kuni Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turnirida qatnashishi, jang uchun shartnomaga imzo chekkani, raqib esa tez orada rasman elon qilinishini aytdi.
Xorijiy OAVlarning malum qilishicha, Ramazonga Abu-Dabidagi turnirda avstraliyalik Stiv Erceg raqib bo'ladi. U o'ta engil vazn toifasida UFC reytingida 10-o'rinni egallab turibdi.
Stiv faoliyati davomida hozirgacha 18 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. 30 yashar sportchi 2024 yil may oyida braziliyalik Aleksandr Pantojaga qarshi chempionlik jangida qatnashib, mag'lub bo'lgandi.
Ramazon Temirov hisobida esa 19 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat mavjud.
