
BMF kamari sohibi bo'lmish Oliveyraga engil vazn toifasida chempionlik kamari uchun davogar bo'lib turgan Arman Carukyan raqiblik qilishi mumkin. Bu haqda armanistonlik sportchining o'zi xabar berdi.
"Keyingi jangim kamar uchun bo'ladi, u katta ehtimol bilan sentyabr oyida Los-Anjelesda bo'lib o'tadi. Oliveyra bilan jang qilishim mumkin", deb yozgan Carukyan.
Mazkur jang amalga oshgan taqdirda sportchilar o'rtasidagi ikkinchi bellashuvga aylanadi. 2024 yil aprel oyida tashkil etilgan ilk to'qnashuvda Arman Carukyanning qo'li baland kelgan edi.
MMA olami suniy intellekt tomonidan tuzilgan yangi UFC reytingiga munosabat bildirdi