SportUz.Tv

Islam Maxachev: "Onam MMAdagi faoliyatimni yakunlashimni xohlayapti. Hammasi tamom, shekilli"

05.06.2026 12:06    


Rasmni yuklab olish

-77 kg vazn toifasida rossiyalik 34 yoshli UFC chempioni Islam Maxachev onasi uning MMAdagi faoliyatini yakunlashini istayotganini aytdi.

"Biz onam bilan bu masalani ko'p yildan beri muhokama qilib kelamiz. MMAdagi professional faoliyatimni boshlashdan oldin jangovar sambo bo'yicha jahon chempioni bo'lganman. Buni yaxshi eslayman. Onam "Bo'ldi. Samboda Olimpiya o'yinlari yo'q, sen allaqachon jahon chempioni unvonini qo'lga kiritding - bu etarli" degandi. O'shandan beri bu mavzuga qayta-qayta qaytamiz. So'nggi paytlarda u menga: "Xabib onasining gapiga quloq soldi, sen esa onangning gapiga kirishni istamayapsan", deydi.

Men unga hech qachon masalani bunchalik qatiy qo'ymaganini aytdim. U hech qachon: "YO to'xtatasan, yoki..." demasdi. Yaqinda u menga: "Men Xabib bilan uchrashmoqchiman. Gaplashib olishimiz kerak. Men: "U bilan nima haqida gaplashmoqchisiz?" deb so'radim. U: "Biz shunchaki gaplashishimiz kerak" deb javob berdi. Men hali bu uchrashuv haqida kelishib olganim yo'q. Ammo onam haqiqatan ham o'z so'zida turib olsa, albatta, bu tamom degani", - dedi Maxachev "Murad LyaRiba" YouTube kanaliga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: