SportUz.Tv

Kayo Borraloning UFC 330 turniridagi jangi bekor qilindi + FOTO

08.06.2026 06:57    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasi UFC reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan Kayo Borralo avgust oyida Jo Payferga qarshi jang o'tkazishi kerak edi.

"Afsuski, qovurg'am to'g'ri bitmagan, siljish esa o'pka teshilishi va boshqa asoratlar xavfi tufayli xavfli bo'lib qolgandi. SHuning uchun biz operaciyaga murojaat qilishga majbur bo'ldik. Afsuski, UFC 330 turnirida do'stim Jo Payfer bilan jang o'tkazilmaydi. Umid qilamanki, tez orada UFC’da sevgan ishimga qaytaman", - deb yozdi braziliyalik aralash yakkakurash ustasi ijtimoiy tarmoqda, operaciyadan keyingi suratini elon qilib.

Eslatib o'tamiz, to'rt yil avval Abu-Dabidagi turnirda Kayo Borralo hamyurtimiz Mahmud Muradovni mag'lubiyatga uchratgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: