SportUz.Tv

Carukyan Topuriya - Getji jangiga million dollar tikdi + FOTO

08.06.2026 14:54    


Rasmni yuklab olish

Arman Carukyan Jastin Getjining bir haftadan so'ng Oq uyda Iliya Topuriyaga qarshi o'tkazadigan jangi uchun katta tavakkalchilikka qo'l urdi.

Asli armanistonlik aralash yakkakurash ustasi Jastinning UFC chempionlik kamarini mag'lubiyatsiz Iliya Topuriyadan tortib olishiga ishonmoqda. U boks bo'yicha to'rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni Edrien Broner bilan qo'shma strim paytida Getjining g'alabasi uchun million dollar "stavka" qildi.

"U katta anderdog. Har safar Getji urushganda va hamma u yutqazadi deganda, aksi bo'lib g'alaba qozonardi. Unga million tikaman. Agar u g'alaba qozonsa, men 5,7 million dollar yutaman. Hatto yuragi ham shuv etib ketdi. Agar otam buni ko'rsa...", - dedi Arman suhbatdoshiga mobil telefonidagi garovini ko'rsatib.

Amerikalik va ispaniyalik o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi 14 iyun kuni Oq uy yaqinida bo'lib o'tadigan UFC bayram turnirining asosiy voqeasi bo'ladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: