
"Bu o'sha, meni nokautga uchratib, bir kechada men va SHakur Stivensonni majaqlab tashlayman degan yigitmi?", - deb yozdi Krouford ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
O'tgan yili Kroufordning Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi jangi oldidan Iliya agar u bilan boks ringida uchrashsa, uni birinchi zarbdayoq nokautga uchratishini aytgandi. Bu yil esa UFC chempioni Rayan Garsiya va Kroufordning do'sti SHakur Stivensonga nokaut bilan tahdid qildi.
Eslatib o'tamiz, Getji bilan jang oldidan Topuriya aniq favorit hisoblangan, biroq raqibini tezda nokautga uchrata olmagan. Jiddiy jarohatlar olgan va to'rtinchi raunddan so'ng uning sekundantlari Topuriyani jangni davom ettirishiga ruxsat bermagan. O'sha paytda u hakamlar kartochkasidagi to'rtta raunddan faqat bittasida g'alaba qozonayotgandi.

"U Rossiyaga borishni xohlayapti, ammo qo'rqyapti". Carukyan - Jeyk Pol haqida gapirdi