SportUz.Tv

Gennadiy Golovkin endi rasman boks afsonasi! (+FOTO)

16.06.2026 16:54    


Rasmni yuklab olish

Qozog'iston sporti tarixidagi eng yorqin shaxslardan biri Gennadiy Golovkin xalqaro darajada yana bir yuksak etirofga sazovor bo'ldi.

AQSHning Kanastota shahrida bo'lib o'tgan tantanali marosimda u Xalqaro boks shon-sharaf zaliga (IBHOF) qabul qilindi.

Bu nafaqat Golovkinning shaxsiy yutug'i, balki butun qozoq sporti uchun muhim voqea sifatida baholanmoqda. CHunki mazkur sharafga dunyo boksining eng buyuk namoyandalarigina munosib ko'riladi.

Golovkin havaskorlar boksida 350 ta jang o'tkazib, shularning 345 tasida g'alaba qozongan. Qozog'iston terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan va Olimpiya o'yinlarining kumush medalini qo'lga kiritgan.

Professional ringda esa Gennadiy o'rta vazn toifasining eng kuchli va xavfli bokschilaridan biri sifatida nom qozongandi. U prof faoliyati davomida 45 ta jang o'tkazib, 42 marta g'alaba qozongan.

SHuningdek, Golovkin turli yillarda WBA, WBC, IBF, IBO va The Ring chempionlik kamarlariga egalik qilib, uzoq vaqt davomida dunyoning eng kuchli bokschilari reytingi — Pound-for-Pound (P4P) ro'yxatida etakchilardan biri bo'lib keldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: