
Bunga uning jamoat joyida mast holda yurgani sabab bo'lgan. Policiya hisobotiga ko'ra, amerikalik yakshanba kuni kechqurun hibsga olingan va AQSH sharqiy vaqti bilan soat 22:00 dan keyin ozod qilingan. Dushanba kuni ertalab 37 yoshli Pore birinchi marta sud zaliga olib kelingan, biroq voqea tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
Hibsga olingan kuni "Brilliant" ijtimoiy tarmoqda rafiqasining "Otalar kuni"ga bag'ishlangan postini repost qildi, unda u ikki farzandi bilan suratga tushgan.
Jorjiya shtatida jamoat joyida mast holda paydo bo'lish bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 1000 dollargacha jarima yoki ikkala jazo bilan bir vaqtda jazolanishi mumkin.
Dastin Pore o'tgan yilning iyul oyida Maks Xollouey bilan jangdan so'ng professional faoliyatini yakunlagandi.
