
Oqshomning asosiy jangi dominikanlik Edvin de Los Santos va Meksika vakili Xose Valensuela o'rtasida kechadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida hamyurtimiz Jahongir Zokirov amerikalik Zachariy Spiller bilan to'qnash keladi. Bu Jahongir uchun Zuffa Boxing Ligasidagi debyut jang bo'ladi.
Spiller professional boksda 5 ta jang o'tkazgan va barchasida g'alabaga erishgan. G'alabalarining 4 tasini muddatidan avval qo'lga kiritgan. Jahongir esa prof ringda bitta jang o'tkazgan va nokaut bilan g'alaba qozongan.
Bokschilar kecha jang oldidan vazn o'lchash marosimidan o'tib olishdi. Unda Zokirov 114,76 kg, Zachariy Spiller esa 116,12 kg tosh bosdi.

Nursulton Ro'ziboev yorqin g'alabaga erishgan UFC Baku turnirining barcha natijalari bitta sahifada
Fiziev ishtirokidagi UFC Fight Night 280 turnirining markaziy jangi ham muddatidan avval tugadi