SportUz.Tv

SHavkat Rahmonovning qachon oktagonga qaytishi aytildi

27.07.2026 18:45    


Rasmni yuklab olish

Yarmi o'rta vazn toifasidagi qozog'istonlik top UFC jangchisi SHavkat Rahmonov jarohati sabab uzoq muddat jang qila olmani va buning natijasida reytingdan chiqarilgan edi.

Xabarda aytilishicha, Surxondaryoda tug'ilgan Rahmonov 2027 yilning boshlarida oktagonga qaytadi. 

Bu haqda uning shifokori Mixail Markuart shunday dedi:

"SHavkatning qaytish muddatiga kelsak, uning professional faoliyatini davom ettira olmasligi uchun hozirda hech qanday tibbiy asos yo'q. Qachon qaytishi esa jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylariga bog'liq — u qanchalik tez sport formasini tiklay oladi. SHuningdek, bu UFC musobaqalari taqvimiga ham bog'liq. Bu masala har bir sportchi uchun alohida baholanadi. Menimcha, kelasi yil boshida SHavkatni yana raqobat muhitida oktagonda ko'rishimiz mumkin".

31 yoshli SHavkat Rahmonov oxirgi marta oktagonga 2024 yil dekabr oyida chiqqan. O'shanda u davogarlik jangida Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. Ammo aynan irlandiyalik bilan to'qnashuvda tizzasidan olgan jarohati tufayli chempionlik imkoniyatidan foydalana olmagan edi.

Joriy yilning fevral oyida uzoq vaqt davomida faol bo'lmaganligi sababli, yarim o'rta vazn toifasida ikkinchi o'rinni egallab turgan SHavkat divizion reytingidan chiqarilgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: