
"Birinchi raundda u midl-kik bilan o'ng qo'limga aniq zarba berdi, natijada bu asab tomirlarimga tasir qildi. O'ng qo'lim butunlay ishdan chiqdi demaymanu, lekin xuddi tok urgandek bo'ldi, bu meni biroz dovdiratib qo'ydi. Bu narsa aksariyat hollarda asosiy qurolimni ishlatishga imkon bermadi. Ikkinchi raundda og'riq o'tib ketar deb umid qilgandim, ammo unday bo'lmadi", — deya takidladi Bogdan Guskov Namys Fighting YouTube kanaliga bergan intervyusida.
