
Ushbu musobaqa yakuniga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Qizlarimiz esa umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Bugun ushbu musobaqada qatnashgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishadi. Ular joy olgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 16:40da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'nadi. O'sha erning o'zida bokschilarimizni kutib olishga bag'ishlangan tadbir tashkil etiladi.
Yurtimizdagi OAV vakillari, blogerlar va muxlislarni ushbu tadbirga taklif etib qolamiz.
"U Rossiyaga borishni xohlayapti, ammo qo'rqyapti". Carukyan - Jeyk Pol haqida gapirdi