SportUz.Tv

RASMAN! UFC Ramazon Temirovning keyingi raqibi, jang sanasi va manzilini elon qildi!

16.08.2026 08:15    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirovning navbatdagi jangi tafsilotlari aniq bo'ldi.

Hamyurtimiz 24 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi "Etihad arena" majmuasida tashkil etiladigan UFC 333 turnirida ishtirok etadi.

UFC matbuot xizmatining malum qilishicha, Temirovga turnir doirasida angliyalik Lone Kavana raqib bo'ladi.

Jang o'ta engil vazn toifasida tashkil etiladi. Hozirda Kavana ushbu divizion reytingida olti, Temirov esa ettinchi o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, Ramazon so'nggi jangini ham aynan Abu-Dabi shahrida o'tkazgandi. 25 iyul kuni bo'lib o'tgan turnirda u avstraliyalik Stiv Ercegni birinchi raundda texnik nokaut bilan taslim etgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: