SportUz.Tv

UFC chempioni Makkenzi Dyorn kamarini ilk bor himoya qildi

16.08.2026 08:42    


Rasmni yuklab olish

Makkenzi Dyorn Filadelfiyada bo'lib o'tayotgan UFC 330 turnirida eng engil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qildi.

Amerikalik chempion ayolning raqibasi divizionning kuchli beshligini yakunlab turgan kanadalik Jullian Robertson bo'ldi.

5 raundlik titul bellashuvi to'liq davom etdi va yakunda Dyorn ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qilishning uddasidan chiqdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning oktyabr oyida Makkenzi Dyorn vakant kamar uchun kechgan jangda braziliyalik Virna Yandirobani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, birinchi eng engil vazn toifasida yangi UFC chempioniga aylangandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: