
U jang oldidan o'zaro so'zlashuvlar (tresh-tok) va bu borada amal qiladigan tamoyillari haqida gapirib berdi.
"Men uchun [raqib bilan so'zlashish] hech qachon muammo bo'lmagan, — dedi Fyuri ALF Global nashriga bergan intervyusida. — Gapirish — mening eng yaxshi uddalaydigan ishim. Agar gap sotish uchun chempionlik kamarlari berilganda, men mutlaq jahon chempioni bo'lardim... Faoliyatimning boshidanoq raqiblarimni masxara qilib kelganman. Men uchun bu psixologik kurashning bir qismi emas. Boks — bu shou-biznes. Boks — bu Gollivud, bu kino. Tomoshabinlarni ko'ngilxushlik bilan taminlash kerak, shuning uchun ular Tayson Fyurining jangini yoki matbuot anjumanini tomosha qilishganda, albatta, shou ko'rishadi. Ular aynan shu uchun tomosha qilishadi. Ular aqldan ozdiradigan shou bo'lishini va nimadir sodir bo'lishini bilishadi. Bu xuddi cirkdek gap".
"Qoidalarimdan biri — raqibimning oilasi: rafiqasi yoki farzandlari haqida hech qachon gapirmaslik, — deya qo'shimcha qildi Fyuri. — Men jangchini istagancha haqorat qilishim mumkin, lekin uning oilasiga tegmayman. Raqibim ham, xuddi men kabi, shou-biznesda ishlaydi. U og'zaki hujumlarga tayyor bo'lishi kerak... Lekin boks men uchun shaxsiy adovat bilan bog'liq emas — bu shunchaki biznes. SHuning uchun matbuot anjumanlarida yoki jangni targ'ib qilish jarayonida aytgan barcha gaplarim kimdirga qarshi shaxsiy adovatdan kelib chiqmaydi".
