
"Men tayyorman. Qachon tayyor bo'lsangiz, menga xabar bering. [SHon] Striklend, Drikus [dyu Plessi], Nassurdin [Imavov], Kayo [Borrallo]", — deb yozdi CHimaev o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
CHimaev o'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik unvonini may oyida UFC 328 turnirida Striklendga hakamlarning ayri qarori bilan yutqazgan edi. Mag'lubiyatdan so'ng u oktagonga hali qaytmadi. Iyun oyida CHimaev RAF turnirida Dillon Denisga qarshi kurash bo'yicha jang o'tkazgan va o'sha bellashuv ommaviy mushtlashuv bilan yakunlangandi.
