
Hamyurtimiz Germaniyaning Lyudvigsxafen shahrida tashkil etilgan prof boks oqshomida ringga ko'tarildi.
Unga turnir doirasida amerikalik Yakob Miller raqib bo'ldi. Yarim og'ir vazn toifasida 6 raundga mo'ljallangan jangda Yo'ldoshev raqibini birinchi raundda nokautga uchratdi.
Bu orqali 23 yoshli Jasurbek prof faoliyatidagi to'rtinchi jangida to'rtinchi g'alabasini nishonladi.








