
Francuz sportchisi yaqin vaqt ichida yana jang o'tkazishga tayyorligini bildirdi.
«Yuzimga qarang. Hech qanday jarohat yo'q. Ertagayoq jang qilishga tayyorman. Maks Xollouey bilan jang ideal variant bo'lardi. U qiyin chaqiriqlarni yaxshi ko'radi va menimcha, ikkimiz o'rtamizda juda yaxshi jang bo'lishi mumkin. Maksni juda hurmat qilaman va tresh-tokni yoqtirmayman — bu menga xos emas. Top-5dagi istalgan jangchiga qarshi jang qilishga tayyorman», — deydi Parnass.
Saladin aralash yakkakurash bo'yicha professional faoliyatini 2015 yilda boshlagan. Uning rekordida 24 ta g'alaba bor, shulardan to'qqiztasi nokaut bilan qo'lga kiritilgan. SHuningdek, Parnass hisobida ikkita mag'lubiyat mavjud.