SportUz.Tv

Pyotr Yan Merab Dvalishviliga sug'urta qildirib qo'yishni maslahat berdi

12.09.2026 13:24    


Rasmni yuklab olish

UFC`ning engil vazn toifasidagi chempioni Pyotr Yan raqibi Merab Dvalishviliga murojaat qilib, deyarli har bir jangda "zarba eydigan" burnini sug'urta qildirib qo'yishni taklif etdi.

"Merab, jangdan oldin yaxshilab sug'urta qildirib qo'yishing kerak, chunki men sening burningni sindirib qo'yishimga to'g'ri keladi", — deya rossiyalik jangchining so'zlarini keltiradi UFC Eurasia.

Yan va Dvalishvili o'rtasidagi uchinchi jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadigan UFC 333 turnirining ikkinchi asosiy voqeasi maqomiga ega. Avvalroq jangchilar ikki marta oktagonda to'qnash kelishgan va besh raundlik qarama-qarshiliklarda bittadan g'alabaga erishishgan. 2023 yil mart oyida Merab Dvalishvili hakamlarning yakdil qarori bilan Pyotr Yandan ustun kelgan bo'lsa, o'tgan yilning dekabr oyida rossiyalik jangchi ishonchli revansh olib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi va undan UFC`ning engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini tortib oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: