
"Aniq ayta olmayman, lekin Den bu turnir uchun taxminan 1600 dollar olgan bo'lsa kerak. Sizlarga rostini aytay: men UFC`da hakamlik qilgan barcha janglarimda eng ko'p gonorarim 2000 dollar bo'lgan. Bu 2017 yilda Nyu-Yorkda o'tkazilgan so'nggi turnirimda bo'lgan edi. O'shanda men ikkita chempionlik jangiga hakamlik qilganman va butun turnir uchun 2000 dollar olganman", – dedi "Katta" Jon Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.
MakKarti shuningdek, hakamlar to'g'ri qaror qabul qilgan taqdirda ham, pul yutqazgan zargarlar tomonidan korrupciyada ayblanayotganiga etibor qaratdi.
"Zargarlik sportning katta qismiga aylanib ketdi va hatto odamlar hammasini to'g'ri qilganda ham, ular hech qanday yomon ish qilmagan bo'lsa-da, ularni korrupciyada ayblaydilar. Ularni haqorat qilishadi, o'ldirish bilan tahdid qilishadi. Har bir insonning sabr-toqati chegarasi bor.
Buncha pul olib, bularning hammasiga duch kelishga majbur bo'lganingizda, ertami-kechmi bu sizga tasir qila boshlaydi. Bir payt kelib, siz bu arzimas ekan, deb o'ylay boshlaysiz", – deya qo'shimcha qildi MakKarti.
MakKarti shuningdek, hakamlarning gonorari ular chempionlik jangiga yoki oddiy jangga hakamlik qilishidan qatiy nazar o'zgarmasligini qo'shimcha qildi. SHu bilan birga, hakamlarga to'lovlarni tashkilotlar emas, balki atletika komissiyalari amalga oshiradi.

Hasanboy Do'smatov IBA.Pro chempionlik kamari uchun jang qiladi. Raqib, sana va manzil aniq!
Zuffa Boxing 13. Jahongir Zokirov va Rahmatullo Boymatovning raqiblari malum (To'liq kard)